Square Enix Montreal

Square Enix Montreal
Turi Shoʻʼba korxona va video game developer
Qachon asos solingan 2011
Qachon tan olingan 2011-yil
Joylashuvi Kanada Monreal
Mahsulot(lar)i Kompyuter o'yinlari
Ishchilar soni 170 (2019)
Vebsayti square-enix-montreal.com

Square Enix Monreal - Square Enix Yevropaga tegishli Monreal studiyasi. Mobil o'yinlarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan. Mobil qurilmalar uchun ishlab chiqilgan va boshqa platformalarga koʻchirilgan GO seriyali oʻyinlari bilan tanilgan.

2011-yil noyabr oyida konsollar uchun yangi Hitman oʻyinini yaratish maqsadida tashkil etilgan boʻlib, 2013-yilda studiya mobil oʻyinlarni chiqarishga qaror qilganda rejalar oʻzgardi. Kompaniya Hitman olamiga asoslangan ikkita mobil o'yinni ishlab chiqdi: Hitman GO (2014) va Hitman Sniper (2015). Birinchi o'yinning yuqori reytinglari va ikkinchi o'yinning tijorat muvaffaqiyati studiyani GO seriyasidan yana ikkita o'yin yaratishga undadi: Lara Croft GO (2015) - Tomb Raider seriyasining davomi va Deus Ex GO (2016) - Deus Ex seriyasidan.


© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search